Aksiologik yondashuvlar orqali boshlang‘ich ta’limda kommunikativ
kompetensiyani shakllantirish metodikasi
2025-05-29
AKADEMIC JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH (AJER) seriyasi. Volume 5 Issue 5
Artikova Nargiz Shuxratovna
Abstract. Ushbu annotatsiya aksiologik yondashuvlar asosida o‘quvchilarning muloqot
madaniyatini shakllantirish metodikasiga bag‘ishlangan. Zamonaviy ta’limning ustuvor
vazifalaridan biri bo‘lgan kommunikativ faollikni rivojlantirish masalasi, ayniqsa, kichik
yoshdagi o‘quvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kommunikativ kompetentlikka
ega bo‘lgan shaxs ijtimoiy muhitga tez va muvaffaqiyatli integratsiyalashadi. Shu
sababli, ta’lim sohasidagi har qanday tadqiqot psixologik-pedagogik aspektlarni qamrab
olishi, ta’limga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar, motivatsiya, ustanovki, qadriyat
yo‘nalishlari, ijodiy tafakkur, intuitivlik, shaxsiy ishonch va sog‘lom psixo-fiziologik
rivojlanish sharoitlarini o‘rganishi zarur.
Keywords: nutq, nutq madaniyati, kompetentli yondashuv, kichik yoshdagi
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalari, aksiologik yondashuv, muloqot
madaniyati, metodika.