BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYALARI
2025-04-29
AKADEMIC JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH (AJER) seriyasi. Volume 4 Issue 4
Urinova Durdona Olimjon qizi,Tojiboeva Gulmira Rifovna
Abstract. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqini rivojlantirish
konsepsiyalari mavzusidagi maqola, oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyasini
shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari va metodlarini tahlil qiladi. Maqolada soʻz
boyligini boyitish, grammatik jihatdan toʻgʻri nutqni shakllantirish, izchil nutqni
rivojlantirish, yozma va ogʻzaki nutqni rivojlantirish hamda muloqot va tinglash
ko'nikmalarini rivojlantirish kabi yoʻnalishlar muhokama qilinadi. Shuningdek, interfaol
metodlar, oʻyinlar va rolli oʻyinlar, loyiha asosida oʻqitish kabi metodlarning
qoʻllanilishi va oʻqituvchining roli ham yoritiladi. Maqola oʻquvchilarning nutqiy
rivojlanishini ta'minlash uchun zarur boʻlgan metodik yondashuvlarni aniqlashga
qaratilgan.
Keywords: Nutqiy kompetensiya, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, boshlangʻich
sinf oʻquvchisi, nutq, taʼlim, tovush, interfaol metodlar.