KIMYO FANINI O‘QITISHDA TAJRIBALAR VA LABORATORIYA
ISHLARINING O‘QUVCHILARGA TA’SIRI
2025-05-29
AKADEMIC JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH (AJER) seriyasi. Volume 5 Issue 5
Qudratov Javohir Jahongir o‘g‘li
Abstract. Ushbu maqolada kimyo fanini o‘rganishda tajribalar va
laboratoriya ishlarining o‘quvchilarga ta’siri, ularning ilmiy fikrlash, analitik qobiliyat
va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Kimyo darslarida amaliy
ishlarni bajarish o‘quvchilarga ilmiy tushunchalarni yaxshiroq o‘zlashtirish, nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llash va muammolarni hal qilishda yangi yondashuvlarni
o‘rgatishga yordam beradi. Shuningdek, laboratoriya ishlarining samaradorligi
o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularni yanada faol ishtirok
etishga undaydi.
Keywords: kimyo o‘qitish, laboratoriya ishlarining ta’siri, ilmiy fikrlash,
tajribalar, amaliy ko‘nikmalar, kimyo fanini o‘rganish, motivatsiya oshirish.