SAMARQAND:IPAK YO‘LI DURDONASI VA TURK DUNYOSINING
MADANIIY YURAGI
2025-05-29
AKADEMIC JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH (AJER) seriyasi. Volume 5 Issue 5
Khusenova Shakhzoda Farruxjanovna
Abstract. Samarqand qadimdan Ipak yo‘lining eng muhim shahri sifatida
dunyo sivilizatsiyasining markaziy nuqtalaridan biri bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada
Samarqandning tarixiy va madaniy o‘rni, uning Ipak yo‘li orqali xalqlar va madaniyatlar
o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi roli hamda Turk dunyosining madaniy yuragi
sifatida tutgan o‘rni keng yoritiladi. Zamonaviy turizm va madaniy merosning
rivojlanishi kontekstida Samarqandning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollari ham
tahlil qilinadi. Maqola orqali o‘quvchilar qadimiy va zamonaviy Samarqandning
uyg‘unlashgan qiyofasini chuqur anglash imkoniga ega bo‘ladilar.
Keywords: Samarqand, Ipak yo‘li durdonasi, Turk dunyosining yuragi,
tarixiy meros, madaniy integratsiya, transkontinental savdo, zamonaviy turizm rivoji,
sivilizatsiyalar chorrahasi, qadimiy shaharlar, madaniy hamkorlik.