Yoshlarning o‘qish madaniyati va tafakkurini rivojlantirishda o‘qituvchining roli
2025-05-29
AKADEMIC JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH (AJER) seriyasi. Volume 5 Issue 5
Anvarova Saodat Sayfulla qizi
Abstract. Maqola yoshlarning o‘qish madaniyati va tafakkurini rivojlantirishda o‘qituvchining roli
aksiyologik yondashuvlar hamda zamonaviy pedagogik uslublar asosida yoritiladi. Unda
o‘qituvchining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, analitik va tanqidiy
tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, interaktiv metodlar,
munozarali darslar va loyiha asosidagi ta’lim vositasida o‘quvchilarda o‘qishga
motivatsiya oshirilishi ko‘rsatiladi. Mavzuga doir dolzarb muammolar – resurslar
yetishmovchiligi va pedagoglar malakasini oshirish zarurati tahlil qilinadi hamda raqamli
platformalardan foydalanish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.
Keywords: o‘qish madaniyati, tafakkur, o‘qituvchi, aksiyologik yondashuv,
gumanistik ta’lim, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, interaktiv darslar, loyihaga
asoslangan ta’lim, ijtimoiy mas’uliyat